Faoliyatini ijara asosida "Betis" klubida davom ettirayotgan Karles Alenya yozda "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqida Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.

Xabarda yozilishicha, Alenyaning «Barselona» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o'z yakuniga etadi. "Barselona" murabbiylari shtabi uni yozda jamoaga qaytarib olmoqchi va asosiy tarkibda maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.