Barcelona
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi himoyachi izlashda davom etmoqda. “Diario Sport” nashri bergan xabarlarga ko'ra, “Barselona” jamoasi “Vilyareal” klubi futbolchisi Pau Torresni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
“Sariq suv osti kemasi” 23 yoshli futbolchini jamoada ushlab qolishni istamayapti, biroq uning transferidan 50 million evro ishlab olishni istamoqda.
Avvalroq, Pau Torres bilan “Arsenal” va “Tottenhem” jamoalari qiziqish doirasiga tushib qolgan edi.
UB
Fikrlar 0