Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Ivan Rakitichni yozda sotishga qaror qildi. Bu haqida “90 min” nashri ma'lum qilmoqda. Kataloniya klubi xorvatiyalik futbolchini 20 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor ekanligini rasman ma'lum qilgan. Futbolchining o'zi “Sevilya”ga qaytishni istamoqda. Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi bu mavsumda 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 4 ta assistni yozib qo'ydi. Manba:stadion.uz