Tanaffusdan foydalangan holda LaLiga rahbariyati FIFA-20 Simulyatori bilan hamkorlikda Virtual liga tashkil qilgan edi va ligada Real nomidan qatnashgan Asensio o'z jamoasi bilan finalda Leganesni 4:2 hisobida yengib chempion bo'ldi. "Barcelona" nomidan qatnashgan Robertoga esa ilk o'yinda Eibar bilan o'yinda texnik mag'lubiyat yozildi. Chunki "Barcelona" bilan shartnomasi bor bo'lgan Konami FIFAga raqobatdosh hisoblanadi.