[b]«Betis» yarim himoyachisi Karles Alenya ijara shartnomasi yakunlanganidan so‘ng «Barselona» safiga qaytishi kutilmoqda. Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Kike Seten futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda va unga keyingi mavsumda «ko‘k anor-rangliklar» safida o‘zini sinab ko‘rishi uchun yana bir imkoniyat bermoqchi. Ma’lumoti o‘rnida, ispaniyalik xavbek joriy mavsumda 12 ta o‘yinda maydonga tushib gollik vaziyatlarda ishtirok etmagan.[/b] Manba: Tribuna