[b]«Vilyarreal» himoyachisi Pau Torres «Barselona» klubining qiziqish doirasiga kiritilgan. Sport.es xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchi bilan himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va uning transferi bo‘yicha muzokara boshlab yuborishgan. Avvalroq, Pau Torres bilan «Arsenal» ham shartnoma imzolamoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Himoyachining «Vilyarreal» bilan imzolagan shartnomasi 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan. Uning tovon puli 50 mln yevroga teng. Bu mavsumda Pau barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan.[/b] Manba: Sport