[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-553365_original.jpg[/readimg] Futbolchilik faoliyatini yaqindagina yakunlagan Aleksandr Gleb Belarus chempionatining koronavirus pandemiyasi sabab to'xtamaganiga izoh berdi. "Hozir butun dunyo Belarus chempionatini kuzatmoqda. Hamma televizor qarshisiga borib bizni kuzatishi kerak. "NXL"da mavsum yopilganda, ko'plab xokkeychilar Rossiyaga, yani "KXL"ga kelishgan. Balki, Lionel Messiva Krishtianu Ronaldular mavsumni davom ettirish uchun Belarusga kelishar. Kim biladi deysiz. Bu Evropada futbolo'ynash mumkin bo'lgan yagona joy. Hech bo'lmaganda Belarus xalqi bundan xursand bo'lardi. Koronavirus CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasini to'xtatib qo'ydi. Bu yaxshi, chunki bu virusni to'xtatish kerak. UEFA to'g'ri ish qildi", - deydi Gleb. Belarus futbolchilik faoliyati davomida "SHtutgart", "Arsenal", "Volfsburg" va " Barselona" kabi nomdor jamoalar sharafini himoya qilgan.