Barcelona
[readimg]https://championat.asia/upload/storage/525090_680.jpg[/readimg]
“Manchester Siti” ECHL 3-turi doirasida o'z uyida “Atalanta”ni qabul qilib, yirik 5:1 hisobida g'alaba qozondi.
Rahim Sterling mezbonlar safida ikkinchi bo'limda 3 ta gol urib, xet-trikka erishdi. Rahimning 3 ta gol urishi uchun esa 11 daqiqayu 12 soniya kerak bo'ldi. Bundan tashqari u ushbu o'yinda 1 ta golli uzatma ham berdi.
Sterling ECHL tarixida xet-trik qayd etgan sakkizinchi ingliz futbolchisi bo'ldi.
Rahim joriy mavsum barcha musobaqalarni hisoblaganda 16 ta gol urib, 8 ta golli uzatma berishga ulgurdi.
UB
Fikrlar 0