Xabaringiz bor, "Barselona" qishki transfer oynasida Karles Alenyani "Betis"ga ijaraga berib yuborgan edi. "Football Espana" nashri xabariga ko'ra, chempionat yakunida 22 yoshli markaziy yarim himoyachi Kataloniyaga qaytadi. Ta'kidlanishicha, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Kike Seten kelasi mavsumda klub tarbiyalanuvchisiga ishonch bildirmoqchi. Ma'lumot uchun, Alenya joriy mavsum barcha musobaqalar doirasi 15 o'yinda maydonga tushib, 2 bor jamoadoshlarini golli uzatma bilan ta'minladi. Manba: Football Espana