«Barselona» klub rahbariyati darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan yangi shartnoma imzolash maqsadida futbolchiga 6,5 million evro yillik maosh taklif qildi. Ammo Germaniyalik posbonga bu taklif ma'qul kelmadi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.Ter Shtegenning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan bo'lib, hozirda u taxminan 4,7 million evro atrofida yillik maosh olmoqda.Germaniyalik futbolchiga Evropaning bir qator klublaridan takliflar bor.