«Barselona» klubi hujumchisi Antuan Grizmann mavsum so‘ngida jamoasini o‘zgartirishi ehtimoli yuqori. Sport.es nashrining xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati 29 yoshli fransiyalik futbolchining harakatlaridan qoniqmayapti. Shu bois o‘yinchi yozda transferga qo‘yiladi. Ta’kidlanishicha, hozirda «Manchester Yunayted» va PSJ Grizmanni sotib olish uchun da’vogarlik qilmoqda. «Barselona» futbolchining narxini 100 mln yevro etib belgilagan. Ma’lumot uchun, 2019 yilda 120 mln yevroga «Barsa»ga o‘tgan Grizmann joriy mavsumda barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 4 ta golga hammualliflik qildi.