Barcelona
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich professional faoliyatini shu yili tugatmoqchi.
Zlatan hozirda oilasi bilan SHveciyada. Xabar qilinishicha, u "Milan"ga qaytmoqchi emas.
Ibragimovich katta ehtimol bilan mavsum so'nggida faoliyatiga yakun yasaydi.
Eslatib o'tamiz, hozirda koronavirus epidemiyasi sabab deyarli barcha chempionatlar qatori Italiya A Seriyasi o'yinlari ham to'xtatilgan.
SHveciyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etgan. Shuningdek Zlatan faoliyatida Inter, Milan, "Barcelona", PSG va Manchester Yunayted kabi grandalarda o'ynagan futbolchidir.
UB
Fikrlar 0