Sport.es saytining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kataloniyaning "Barselona" klubi qishda Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi futbolchisi Alassan Pleani sotib olishga harakat qilgan.

Biroq, nemis klubi "Barselona"dan tushgan 50 million evrolik taklifga rad javob berishgan.

Shuningdek, 27 yoshli frantsiyalik futbolchini Dortmundning "Borussiya" klubi ham sotib olishga harakat qilgan, lekin yakunda Erling Xolann bilan shartnoma imzolagandi.