[readimg]https://championat.asia/upload/storage/553714_original.jpg[/readimg] Albert Perrin klubning hozirgi rahbariyatini keskin tanqid qildi. “Bartomeu hech narsadan xabardor bo'lmay turib prezidentga aylandi. “ Barselona”ning kelajagidan xavotirdaman. Hozirgi rahbariyat sportdan ko'ra, futbolning moliyaviy tomonini o'ylaydi. Ular barchasini juda yomon tomondan uddalashdi”,deydi sobiq vice-prezident. Eslatib o'tamiz, Jozep Bartomeu 2014 yilday boshlab “ko'k-anorranglilar” rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda. Uning prezidentligi davrida kataloniyaliklar 9ta titul yutishga erishgan.