"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola butun Evropa bo'ylab tarqalgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga qo'shildi. Ispaniyalik mutaxassis virusga qarshi kurashish uchun 1 million evro ajratdi. Avvalroq "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning agenti Jorje Mendesh ham koronavirus bilan kurashish uchun o'z mablag'larini ajratgani xabar berilgan edi. Manba:stadion.uz