«Barselona» sardori Lionel Messi koronavirusga qarshi kurashga qoʼshildi.

"Diario Sport"ning yozishicha, argentinalik futbolchi koronavirusni oʼrganayotgan Kataloniyadagi "Hospital Clinic" shifoxonasiga 1 mln yevro xayriya qildi. «Biz Leodan koʼrsatgan yordami uchun minnatdormiz», – deb yozadi kasalxona sayti.

Shuningdek, Messi Аrgentinadagi klinikalarga bir qator xayr-ehsonlarni amalga oshirdi.

Maʼlumot oʼrnida, Ispaniyada hozirgacha qariyb 40 ming kishi koronavirusga chalinib, 2800 kishi vafot etgan.

Manbaa: tribuna.uz