Bild nashrining xabariga ko'ra, “Bavariya” va darvozabon Manuel Noyer kelisha olishmayapti. Manbaning xabar berishicha, Noyer yangi shartnoma imzolashni xohlamayapti. Avvalroq, darvozabon unga raqobatchi sifatida Aleksandr Nyubel xarid qilinganidan norozi bo'lgan edi. Eslatib o'tamiz, “Bavariya” ham germaniyalik posbonni sotib yuborish haqida o'ylamoqda. Myunxenliklar uning o'rniga vatandoshi, "Barcelona" kiperi Mark-Andre Ter Shtegenni olib kelmoqchi.