Nemislar Todiboning harakatlaridan mamnun. “SHalke-04” klubi “ Barselona”dan ijaraga olingan Jan-Kler Todiboni mavsum so'ngida to'la sotib olishga tayyorligini bildirdi. Klub rahbariyati futbolchining harakatlaridan xursand, shu boisdan uni xarid qilishga qaror qilgan. “ Barselona” Todibo uchun 25 mln evro so'ramoqda. SHuningdek, kataloniyaliklar yana 5 mln evro bonus ko'rinishidagi mablag'ga ega bo'lishga umid qilmoqda.