Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland o'g'li nima uchun qishda «Manchester Yunayted»ga [b]"Barcelona"[/b] o'tmaganini aytib o'tdi. «Boshqa jamoalarga u qay darajada kirishib ketishini aytish qiyin edi. Balki, yaxshi bo'lishi ham mumkin edi. Biz bu savolga aniq javobni bilmaymiz. Seni butun jamoa kutayotgan klubga o'tish kerak, faqatgina murabbiy istayotgan jamoaga emas. Bu eng muhimi. Bundan tashqari, so'nggi 5-10 yilda klub qanday natija qayd etgani va hozir qaysi yo'nalishda ketayotgani ham juda muhim», – dedi Alf-Inge Xoland. So'ngi ma'lumotlarga ko'ra unga "Barcelona" ham qiziqqan, ammo kataloniyaliklar qishda uni sotib ololmasdilar. Shunday bo'lsada klubning yozgi transfer vaqtida Lautaro ishi o'xshamasa, yana norvegiyalik variantiga qaytishi mumkin.