«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich yozda futbolchilik faoliyatini yakunlab, boshqa kasb tanlashi mumkin. "Calciomercato" tarqatgan xabarga ko'ra, 38 yoshli Ibrahimovich agentlik faoliyatini boshlash haqida o'ylamoqda. U bu borada o'z agenti Mino Rayola hamkoriga aylandi. Yanvar oyida «Milan»ga o'tgan Zlatan 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.