Koronavirus pandemiyasi tufayli «Barselona» futbolchilarining maoshi qisqartirilishi masalasida klub a’zolari uch guruhga bo‘linishgan. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda. «Maoshning kamaytirilishi masalasi qo‘yilgach, Kataloniya klubi futbolchilari uch guruhga bo‘linishdi. Dastlab klub rahbariyat tomonidan hozirgi qiyin vaziyat tushuntirilgach, futbolchilar maoshlarining qisqarishiga rozi bo‘lishgan, ammo oradan vaqt o‘tib aksariyat futbolchilar o‘z fikrlaridan qaytishdi. Futbolchilarning aksariyati klubning hozirgi moliyaviy holatini jamoa rahbarlarining byudjet mablag‘larini transferlarga bemaqsad sarflagani bilan bog‘lagan bo‘lsa, yana bir guruh o‘yinchilar Ispaniya futbol Assotsiatsiyasi kasaba uyushmasi qarorini kutmoqda. Messi va yuqori maoshga ega ayrim futbolchilar esa hozirgi vaziyatda maoshlarining qisqartirilishiga qarshi emasligini bildirishgan», – deyiladi manbada. Ma’lumot uchun, «Barselona» klubi rahbariyati hozirda karantinda bo‘lgan futbolchilarga maoshlarini 70 foizgacha qisqartirish bo‘yicha murojaat qilgan edi. Manba: Tribuna