Barcelona
[readimg]https://pictures.trbna.com/image/a6bddd19-aea4-45c5-86f3-4c688cdd8850[/readimg]
2019/2020 yilgi mavsumni iyul oyi o'rtalarida Ispaniyada kutilayotgan issiqlik sababli ehtiyotkorlik bilan eng qulay vaqt bo’yicha yakunlash rejalashtirilgan.
Futbolchilar uch haftalik ta'tilga chiqishadi, mavsumoldi tayyorgarlik esa atigi 10-15 kun davom etishi mumkin.
2020/2021 mavsumi sentyabr oxirida yoki oktyabrning boshida boshlanishi kutilmoqda.
Hech qanday xalqaro tanaffuslar bo'lmaydi.
Va nihoyat, La Liga Premer-ligada bo'lgani kabi 26 dekabrdan “Boxing day” o'yinlarini taqdim etishi mumkin.
Barchamizga ma'lumki, La Liga va Yevropaning boshqa beshta chempionatlari koronavirus tarqalishi sababli hozirda to'xtatib qo'yilgan. Chempionat qachon tiklanishi haqida rasmiy ma'lumot yo'q.
"Barselona" ning La Ligadagi so'nggi o'yini "Real Sosedad" ga qarshi uyda kichik hisobdagi Leo Messining yagona goli bilan g'alaba qozongan edi.
Hozirda Kataloniyaliklar La liga jadvalida birinchi o'rinda, "Real Madrid" dan ikki ochko oldinda bormoqda.
Manba: Cadena COPE
UB
Fikrlar 0