
Braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino yana o'z kuchini APLda sinab ko'rmoqchi. Bu haqda Sky Sports nashri yozmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchining transfer huquqi “Barselona”ga tegishli. Koutino joriy mavsumni “Bavariya”da ijarada o'tkazmoqda, biroq myunxenliklar uning transferini sotib olmoqchi emas.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, uning xizmatiga “Inter” va PSJ klublaridan ham jiddiy takliflar bo'lmoqda, ammo braziliyalik futbolchi APLga qaytmoqchi.
Fikrlar 0