Yevropa klublari assotsiatsiyasi (YeKA) yig‘ilishida ishtirok etgan Bundesliga klublaridan birining menejeri koronavirus pandemiyasi tufayli «Barselona» jiddiy zarar ko‘rishi mumkinligini aytdi. «Agar kutilmagan voqealar yuz bersa, «Barselona» bankrotlik xavf solayotgan ilk top-klub bo‘lishi mumkin», – deb mulozim so‘zlarini keltirmoqda El Pais. Avvalroq «Barselona» rahbariyati xodimlar va futbolchilar maoshini 70 foizga qisqartirishini e’lon qilgan edi. Manba: El Pais