Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
«Barselona» moliyaviy inqirozga qaramay, Lautaro Martinesni sotib olmoqchi
«Barselona» «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesning transferini sotib olish fikridan voz kechmoqchi emas.
Diario Sport nashrining xabar berishicha, 22 yoshli futbolchini sotib olish Kataloniya klubining asosiy maqsadi hisoblanadi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqirozga qaramay «Barsa» muzokaralarni to‘xtatmasligi aytilmoqda. Lautaroning o‘zi ham «Barselona»ga o‘tishga qarshi emasligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, argentinalik forvard joriy mavsumda A Seriyaning 22 o‘yinida 11 ta gol urdi va 4 ta golga hammualliflik qildi. Uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.
Manba: Diario Sport
UB
Fikrlar 0