[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-555074_original.jpg[/readimg] LaLiga tomonidan o'tkazilgan musiqa festivalida mashhur futbolchilar ham ishtirok etishdi. Tadbir internetda onlayn-rejimda o'tkazildi va 625 ming evrodan ziyod mablag' to'pladi. Bu esa koronavirusga qarshi kurashish uchun ishlatiladi. Ushbu tadbirda " Barselona" va " Real" himoyachilari Jerar Pike hamda Serxio Ramos ham ishtirok etishdi. Ayni damda ular o'z uylarida karantin davrini o'tkazishmoqda. SHuningdek, LaLiga yaqin vaqtlar ichida 1 million himoya niqoblarini ommaga taqdim qilishi kutilmoqda.