[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-555085_original.jpg[/readimg] "Barselona" afsonalaridan biri bo'lgan Xavi kataloniyaliklarga Bundesliganing ikki ajoyib futbolchilarini tavsiya qildi. "Neymarni qaytarish - balki optimal variantdir. Ammo bilmayman. Umuman olganda bu super transfer bo'lardi. Ammo hozirda " Barselona"ga vingerlar etishmayapti. Klubga Jeydon Sancho va Serj Gnabrini tavsiya qilgan bo'lardim",- dedi Xavi. Sancho joriy mavsum Bundesligada 23ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 15ta assistga erishgan. Gnabri esa joriy mavsum liganing 23 o'yinida 11 bora raqiblari postiga yo'l topdi.