“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa sport direktori Mayk Edvards bilan uchrashdi. Tomonlar Filippe Koutinoni qaytarish masalasini muhokama qilishdi. Hozircha muzokara qanday natija bilan yakunlangani aniqmas.

Eslatib o'tamiz, transfer huquqi “Barselona”ga tegishli bo'lgan Koutino joriy mavsumni “Bavariya”da ijarada o'tkazmoqda.

Ma'lumot uchun, futbolchini “Liverpul”dan tashqari “Chelsi”, “Tottenxem”, “Inter” va “Manchester Yunayted” klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi.