2019 yilda "Tottenxem"ning sobiq murabbiyi Maurisio Pochettino Filippe Koutinoga jiddiy qiziqish bildirgan edi. Londonliklar braziliyalikni "Barcelona"dan sotib olishga harakat qilishdi. Agent Kia Jurabchan Filippening "shporlar" prezidenti Daniel Levi bilan hech qanday muammosi yo'qligini tushuntirdi."Levi va Koutino o'rtasidagi munosabatlarda hech qanday muammo yo'q. Boshqa barcha mish-mishlar yolg'on. Bitim faqat moliyaviy sabablarga ko'ra amalga oshirilmadi», – deya tushuntirdi agent.Endi Koutino "Bavariya" sharafini himoya qilmoqda, ammo myunxenliklar braziliyalikni sotib olishni istashmayapti.