Koronavirus futbol klublarning moliyaviy ishlariga salbiy ta'sir ko'rsatishni boshladi.

Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Barselona» koronavirus epidemiyasi tufayli 100 million evro miqdorida moliyaviy zarar ko'rishi mumkin. Kataloniya klubi chiptalar sotuvidan, translyatsiya, EChL bonusi va atributikalar savdosidan jiddiy zarar ko'radi.

Qayd etilishicha, agar EChL tiklanmasa ehtimoliy zarar 20-25 million evrogacha oshishi mumkin.