Italiya terma jamoasining sobiq o'yinchisi Antonio Kassano "Barselona" sardori Lionel Messi va uning vatandoshi, futbol afsonasi Diego Maradona haqidagi shaxsiy fikrlari bilan o'rtoqlashdi. "Maradona 4-5 yil davomida misli ko'rilmagan natijalarga erishgan. Ammo Messi15 yildan buyon shu ishlarni takrorlab kelayotganini unutmaylik. U 710ta gol urdi, 300ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Messimaydonga tushar ekan, uning jamoasi allaqachon 1:0 hisobida oldinda bo'ladi. Maradonaning muxlislari buni tushunishlari kerak. Oldinda kimdir bor", – dedi Kassano.