Antuan Grizmanni topgan skaut Erik Olats uning kataloniyaliklar safidagi ahvolidan xavotirda.

“Nima uchun u “Barselona” o'tishni xohlaganini tushunishim mumkin. “Barsa”bu  “Barsa”.

Boshqa futbolchilar u tiki-takaga moslashib ketadi deyishgandi, biroq menga uning harakatlari yoqmayapti. Jiddiy muammolar bor. U aniq o'yinidan qoniqmayapti”, deydi Olats.

Eslatib o'tamiz, Grizmann yozda "Atletiko"dan "Barselona"ga ko'chib o'tgan edi.