"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi klubga "Barselona" futbolchisi Ivan Rakitich kelishi mumkinligi borasida gapirdi. "Jamoamiz ajoyib futbolchilardan tuzilgan. Ayni damda yangi futbolchilarni olib kelish borasida o'ylamayapmiz. Rakitich ajoyib futbolchi ekanligini barcha biladi. Biroq biz uning xizmatlariga qiziqish bildirmayapmiz",- dedi Paratichi. Oldinroq futbolchi qishda "Yuventus"ga rad javobini bergani borasida malumotlar berilgandi. Kelasi mavsumda Rakitich katta ehtimol bilan "Sevilya"da o'ynaydi.