"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann kataloniyaliklar tarkibida 7-raqamda o'ynamoqchi. Futbolchi bundan oldin "Atletiko"da va hozirda Franciya terma jamoasida ham shu raqam ostida harakat qiladi. Grizmann hozirda 17-raqamda o'ynamoqda. "Men yana 7-raqamda o'ynashni xohlardim", - deydi Grizmann Twitch'dagi strim paytida. Bu esa " Barselona"da ettinchi raqamda o'ynagan Filippe Koutinoning jamoadan ketishi mumkinligini bildiradi. Braziliyalik "Bavariya"da ijara asosida o'ynamoqda.