
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann o'z klubi safida 7-raqamda o'ynash niyati borligini ma'lum qildi. Futbolchi Frantsiya terma jamoasi safida ushbu raqamli futbolka o'ynaydi. "Men yana 7-raqamda o'ynashni istardim", — dedi hujumchi. Filippe Koutino "Bavariya"ga ijaraga berilishidan oldin "Barsa"da 7-raqam braziliyalik futbolchiga tegishli edi. Grizmanning bu fikrini esa ko'pchilik "Barselona" yozda Koutinoni sotib yuborishi haqidagi mish-mishlarning tasdig'i o'laroq qabul qildi.Ma'lumot o'rnida. Antuan Grizmann ushbu mavsumda "Barselona" safida 17-raqamli formada o'ynamoqda.
Fikrlar 0