Kataloniyaning “Barselona” jamoasi “Bavariya” himoyachisi David Alabani o'z safida ko'rmoqchi ekanligi haqida avvalroq ma'lumot bergan edik. Transfermarketweb nashri bergan xabarlarga qaraganda, kataloniyaliklar avstriyalik himoyachini yaqinlashib kelayotgan yozda o'z tarkibiga qo'shib oladi. Klub Alabani qo'lga kiritish uchun Samuel Umtitini transferga qo'yishi kutilmqda. Eslatib o'tamiz, “Bavariya” himoyachiga shuningdek “Real Madrid” va “Manchester Siti” klublari ham ko'z tikkan.