“Lester Siti” “Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutino uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist xabar tarqatdi. Manbaning yozishicha, futbolchining transferini “tulkilar” bosh murabibyi Brendan Rodjers xohlamoqda. U braziliyalik futbolchi bilan “Liverpul”da birga ishlagan edi. “Lester Siti” Koutinoni ijaraga olmoqchi. Eslatib o'tamiz, ayni damda futbolchi “Bavariya”da ijarada o'ynamoqda. Uning xizmatiga shuningdek, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” klublari ham qiziqmoqda.