
«Bavariya» yarim himoyachisi Filippe Koutino koronavirusga qarshi kurash uchun o'z hissasini qo'shishga qaror qildi. Braziliyalik futbolchi Rio-de-Janeyro shahriga 20 tonna miqdorida insonparvarlik yordamini yubordi. Qadoqlangan oziq-ovqat va gigiena mahsulotlariga futbolchining surati tushirildi.«Insonlarga yordamim tegadigan qilib qo'ygan xudoga shukrona keltiraman. Dunyodagi muhtojlarga yordam berishda har bir inson o'z hissasini qo'shishi kerak», – dedi Koutino "Bild"ga bergan intervyusida.

Fikrlar 0