“Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri yozmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” PSJ hujumchisi Neymar yoki “Inter” futbolchisi Lautaro Martines uchun frantsuzni “qurbon” qilishga tayyor.

Agar PSJ Neymarni frantsiyalik futbolchi bilan almashtirishni xolamasa, kataloniyaliklar Grizmanning transferidan 100 million evro ishlab olmoqchi. PSJ Neymarni 150 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Grizmann 2019 yil “Atletiko”dan 120 mln evroga xarid qilingan edi.