"La Liga" rahbariyati koronavirus pandemiyasi pasayganidan keyin klublarni mashgʼulotlarga qaytarish borasida reja tayyorladi, deb yozadi "АS".

Tashkilot chempionat tiklangach, oʼyinchilar 15 kunlik mashgʼulot oʼtkazishlari kerakligini taʼkidlamoqda. Mashgʼulotlar dasturi 4 bosqichni oʼz ichiga oladi: mashgʼulotlarga tayyorgarlik, individual mashgʼulotlar, 8 oʼyinchidan iborat 3 guruhdagi mashgʼulotlar va butun jamoa holidagi toʼliq tayyorgarlik.

Shuningdek, mashgʼulotlarga qaytishdan avval barcha futbolchilar va ular bilan yashaydigan odamlar COVID-19 uchun test topshirishadi. Ijobiy natijalar qayd etilsa, futbolchilar yana izolyatsiyaga olinishi mumkin. 

Maʼlumot uchun, Ispaniyada hozirgacha 95923 kishi koronavirus bilan kasallanib, 8464 kishi vafot etdi.

Manbaa: tribuna.uz