«Barselona» va «Inter» klublarining sobiq hujumchisi Samuel Eto`O koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaktsinani Afrika xalqida sinab ko'rishni taklif qilgan olimlarni tanqid qildi. «Afrika – katta xolangizning uyi emas». Eto`O o'zining instagramdagi sahifasiga mojaroli videoni qo'yib, uning ostiga shunday fikrni qoldirdi. Ushbu g'oyani professor Jan-Pol Mira va professor Kamil Loxt berishgan edi. Eslatib o'tamiz, bugungi kunga kelib, koronavirus jahonning 204ta mamlakatiga tarqaldi va infektsiya yuqtirgan insonlar soni 1 mln.dan, vafot etganlar esa 50 mingdan oshdi.