“Barselona” koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sababli, yozgi transfer oynasidagi strategiyasini o‘zgartirishi mumkin.
ESPN xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar shartnomasi muddati tugayotgan futbolchilarni izlamoqda. Bu bilan ularni arzon narxda qo‘lga kiritishga umid qilishmoqda.
koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar “Barselona”ga transferlar uchun 140 mln yevro mablag‘ kerak edi. Endi esa bu mablag‘larni topish imkonsiz.
Avvalroq “Barselona” futbolchilar maoshini 70 foizga qisqartirishga qaror qilgan edi.
Manbaa: tribuna.uz
Fikrlar 0