“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti katta ehtimol bilan yozda jamoasini o‘zgartiradi.

Football Londonʼning xabar berishicha, 26 yoshli fransiyalik futbolchi “Chelsi” klubiga o‘tishni maʼqul ko‘rmoqda. Umtitining agenti klub vakillari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer tafsilotlarini muhokama qilishgani aytilmoqda. Uning transfer qiymati 40 mln yevroga baholangan.

Avvalroq futbolchining xizmatlariga “Arsenal” va «Manchester Yunayted» klublari ham qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Maʼlumot uchun, Umtiti ushbu mavsumda barcha turnirlarda 16ta o‘yin o‘tkazdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan.

Manbaa: tribuna.uz