Yanvar oyi boshlarida urugvaylik forvard jarohat oldi, ammo qaytishga harakat qildi. Lekin transfer oynasi yopilgandan so‘ng, ana endi maydonga tushadi deb turishganida yana safdan chiqdi. Shu tufayli, “Barselona” janjallarga boy bo‘lgan Breytueyt transferini amalga oshirdi. Uni “Legannes”dan 18 million yevroga sotib olishdi. Ammo endi mavsum to‘xtatilganini hisobga olsak, o‘yinlar boshlanguncha Suares “Barsa”ning birinchi rasmiy bahsida katta ehtimol bilan maydonga tushishi mumkin. U zalda tinimsiz ravishda shug‘ullanmoqda va aprel oxirlarida safga qaytishga tayyor bo‘lishini maʼlum qildi. Ammo kelasi oydan "La Liga" o‘yinlari boshlanishiga ishonish biroz qiyin...
Barcelona
Fikrlar 0