«Real» klubi sobiq futbolchisi Kaka "Yuventus" hujumchisi Ronaldu va "Barselona" sardori Messini taqqosladi. «Ronaldu yoki Messi? Messi. Lionel – daho futbolchi va yuksak iqtidor egasi. Uning maydonda amalga oshirayotgan ishlari meni hamisha hayratga soladi. Krishtianu esa – mashina. Men u bilan birga o'ynaganman. Ronaldu jismoniy jihatdan etuk futbolchi. U tezkor va yaxshi rivojlangan. U hamisha g'alabalarga intiladi. Biz shunday futbolchilar bilan bir davrda yashayotganimizdan xursand bo'lishimiz kerak», – dedi Kaka FIFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.