Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq futbolchisi Ronaldinoning agenti, qalbakilashtirilgan pasport ishi qay tarzda kechayotgani haqida xabar berdi.

Yaqinda Ronaldinoning agenti o'z mijozi bilan uchrashdi va bu haqda uning so'zlarini jurnalistlarga etkazdi.

«Barchasi joyida. Menga yaxshi munosabatda bo'lishmoqda va yaqin kunlarda meni ozod qilishadi. Chunki, men aybdor emasman. Meni tuzoqqa tushirmoqchi bo'lishli. Umid qilamanki, bu firibgarlarni topishadi va jazolashadi. Yana nechta inson aldangani ma'lum emas», — dedi Ronaldino.