Argentinalik futbolchi Lionel Messi "Barselona" safida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritib, turli rekordlarni yangilaganiga qaramay, klub tarixidagi eng yaxshi o'yinchini aniqlash maqsadida o'tkazilgan so'rovnomada 2-o'rinni egalladi. "Ranker" fan-sayti orqali o'tkazilgan so'rovnomada Leo hamyurti Diego Maradonaga kichik farq bilan yutqazdi. Eslatib o'tamiz, Maradona 1982-1984 yillarda "Barsa" sharafini himoya qilgan. Shundan so'ng u "Napoli"ga o'tib ketdi. Kuchli uchlikka Ronaldino kirdi. Shuningdek, top-10dan Yoxan Kroyf, Andres Inesta, Xavi, Karles Puyol, Ronaldo, Dani Alvesh va Luis Suares o'rin olishdi.