
«Barselona» birinchi vitse-prezident Jordi Kardoner koronavirusga topshirgan test ijobiy natija berdi. "Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, kasallik aniqlanganidan keyin dastlabki kunlar 57 yoshli funtsioner uchun og'ir kechmagan. U hozir tuzalmoqda. Bu «Barselona» tizimidagi koronavis aniqlangan uchinchi holat bo'ldi. Avvalroq COVID-19ga topshirilgan test klub tibbiy xizmati direktori Ramon Kanal va gandbol jamoasi shifokori Xosep Antoni Guterresda ijobiy natija bergan edi. Ularning tuzalish jarayoni muvaffaqiyatli kechmoqda.
Fikrlar 0