“Milan” yana “Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitichni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

“Rossonerilar” yozgi transferlar oynasida xorvatiyalik futbolchi bilan muzokaralarga kirishishadi.

Futbolchining Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Oldinroq, Rakitich Ispaniyada qolishni xohlayotgani xabar qilingan edi. O‘yinchi “Sevilya”ga o‘tishni xohlamoqda, klub ham o‘yinchining qaytishiga qiziqish bildirmoqda.

Manbaa: championat.asia