[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/rV/qvICmZrcqX7Ht94wx3O1ldy7yZ51uZ_normal.jpg[/readimg] La Liga rahbariyati Ispaniya Qirolligi Futbol Federatsiyasining (RFEF) «Barselona» – «Real» o‘yinini 18 dekabrga belgilaganidan norozi. Bugun RFEF klublarning xohishidan kelib chiqib, shu haqdagi qarorni qabul qildi. La Liga o‘yinning 4 dekabr kuni o‘tkazilishini istayapti. Agar 18 dekabrda o‘tkazilsa, Ispaniya Kubogi bahslariga soya solishini, natijada klublar moliyaviy zarar ko‘rishini ta’kidlab, bu qarorga qarshi chiqmoqda. Endi tashkilot RFEF chiqargan qaror yuzasidan Milliy Sport Qo‘mitasiga apellyatsiya bermoqchi. Eslatib o‘tamiz, Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabrda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bu bahs Kataloniyadagi siyosiy norozilik namoyishlari tufayli qoldirilgan edi.